Konferensiya, ragʻbat, qonun targʻiboti

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlangʻich tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi 2023-yil 13-fevral kuni oʻtkazildi.

Mazkur konferensiyada Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining 2023-yil 6-fevraldagi 03/13-sonli xatida berilgan vazifalar ijrosi hamda filial kasaba uyushmasi qoʻmitasining 2023-yil 8-fevraldagi qaroriga asosan “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Sh.Mamatovning oʻz arizasiga asosan kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisligidan ozod etish yuzasidan taqdim etgan arizasi koʻrib chiqildi.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi lavozimiga filialning mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi muxandisi X.Xamraboyev nomzodi koʻpchilik ovoz bilan saylandi.

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirish kiritildi.

Shuningdek, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Namangan filiali maʼmuriyati va boshlangʻich kasaba uyushmasi qoʻmitasi hamkorlikda 2022-yil davomida samarali mehnat faoliyat olib borgan, jamoat ishlarida faol qatnashgan bir necha xodimlarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Respublika kengashi masʼul xodimlari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mazmun mohiyati tushuntirib berildi.