Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Portali
Raqamli texnologiyalar vazirligi
O'zbekiston Milliy qonunchilik bazasi


Joriy yil 3 mart kuni Navoiy viloyatidagi soha korxona, tashkilot va muassasalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarimiz o‘rtasida 8 mart “Xalqaro xotin-qizlar” bayrami munosabati bilan sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Navoiy filiali, A.Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati axborot kutubxonasi, Navoiy viloyati axborot texnologiyalari texnikumi, AT ”Aloqabank” xotin-qizlaridan iborat 5 ta jamoa qatnashdi.
Musobaqada 1-o‘rin A.Qodiriy nomidagi Navoiy viloyati axborot kutubxonasi, 2-o‘rin Navoiy viloyati axborot texnologiyalari texnikumi, 3-o‘rinni “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoalarga xududiy boshqarma boshlig‘i tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.