Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi
O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Portali
Raqamli texnologiyalar vazirligi
O'zbekiston Milliy qonunchilik bazasi


Kasaba uyushmasi tomonidan joriy yilning 12-mart sanasida yurtimizning so'lim go'shalaridan biri bo'lmish "Humson Buloq" dam olish maskanida AT "Aloqabank" xodimlari ishtirokida "Sumalak_Party" deb nom olgan o'ziga xos bayram tadbiri o'tkazildi.
Bank tomonidan joriy etilgan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahat kengashi” hamjihatligida ayollarimiz uchun ko'ngilochar musobaqalar hamda Uz_Quiz intellektual oʼyinlari oʼtkazildi. Аyollardan tashkil topgan DIAMOND jamoasi birinchilikni qoʼlga kiritib, qimmatbaho sovgʼaga ega boʼlishdi.
Аsosiysi oʼzgacha muhit, xushchaqchaq kayfiyat va do'stona aloqalarda oʼtkаzilgan tadbirdan xodimlar mamnun boʻlishdi.
Bayram tadbiri oxirida esa kechaning asl sababchisi, bahor elchisi bo'lmish SUMALAK tanovul qilindi.