"Keksalar uchun turizm oyligi"

"Keksalar uchun turizm oyligi" doirasida Aloqabankda uzoq yillar sidqidildan xizmat qilgan va hozirda nafaqada bo‘lgan aziz ustozlar hamda faoliyatini davom ettirayotgan mehnat faxriylari uchun 22-23 noyabr kunlari Samarqand shahriga maxsus turistik ekskursiya tashkil etildi.

Mazkur sayohatning asosiy maqsadi – jamoaning ko‘p yillik mehnati, tajribasi va fidoyiligini e’tirof etish, ularning xotiralarini yanada boyitish, bir-birlari bilan samimiy muloqot qilishlari uchun qulay muhit yaratishdir.

Bank rahbariyati va Kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir bank jamoasida e’tibor, hurmat va qadrlash madaniyatini yanada mustahkamlaydi. Fidokor mehnati bilan o‘z izini qoldirgan ustozlarimizga bo‘lgan hurmatimiz doimo yuksakdir.