O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan universitetda faoliyat yuritayotgan xotin- qizlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yin tashkil etildi.
“Аloqa tarixi muzeyi”da O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining kengaytirilgan majlisi videokonferentsaloqa shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda tarmoqning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning kasaba uyushma mas‘ullari, respublika kengashining hududlar bo‘yicha kuratorlari hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitalari raislari onlayn qatnashdilar.
“COSCOM” MCHJ boshlangʻich kasaba uyushmasi tashkilotining navbatdan tashqari konferensiyasi 2023-yil 1-mart kuni 44 nafar delegat ishtirokida videokonferensiya aloqa vositasida oʻtkazildi.
“Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat taʼlim muassasasida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlardagi “Mehnat nizolari” hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish boʻyicha 40 soatlik oʻquv yakunlandi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti nodavlat taʼlim muassasasida Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi boshlangʻich tashkilotlardagi “Mehnat nizolari” hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari boʻyicha komissiyalari aʼzolarining malakasini oshirish maqsadida 2023-yilning 20-fevral kunidan 5 kunlik oʻquv mashgʻulotlari boshlandi.