O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Ulugʻ oʻzbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, markazlashgan davlat — boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yilning 14-fevralida Andijonda tugʻildi. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrda qabul qilingan rezolyutsiyasiga muvofiq, 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni deb eʼlon qilingan.
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi, boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 540 yilligi munosabati bilan “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” va “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasalari bilan birgalikda xodimlar uchun "G‘ofur G‘ulom" nashriyoti tomonidan kitob yarmarkasi tashkil etildi.