O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
“COVID-19” pandemiyasiga qarshi kurashda barcha birdek oyoqqa turdi. Karantin paytida aholini ham ruhan, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, keksalarning hayot darajasini yaxshilash, mehnat faxriylariga ijtimoiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish har bir tashkilotning ustuvor vazifasiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi (“RRTM” DUK) respublika hududida davlat, nodavlat va xorijiy teleradioeshittirishlarni aholiga etkazib berish xizmatini taqdim etuvchi davlat tashkilot hisoblanib, bugungi kunda korxonada 1000 nafardan ortiq xodim mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Bugungi kunda butun respublika miqyosida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi va mazkur sana joriy yilda ilk marta “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi munosabati bilan qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Hurmatli pochta xizmati xodimlari, Sizlarni kasb- bayramingiz bilan samimiy tabriklab, barcha-barchangizga o‘zimizning yuksak hurmat-ehtiromimizni va ezgu tilaklarimizni izhor etamiz!