Hush kelibsiz
O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi. Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir. Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Yangiliklar
  • “Eng faol yosh ishchi kasb egasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
    O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazi, bir qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida yoshlarning xalqaro standartlar asosida kasblar egallashi, kasbiy mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratish, qobiliyatlilarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida «Eng faol yosh ishchi kasb egasi» tanlovi o‘tkazilmoqda.
    2019.04.12
  • Salom Navro‘z!
    Tuproqni uyg‘otib maysa cho‘zdi bo‘y, Tabiat kelindek bunchalar xushro‘y, Bahor kunlarida har bir kuning to‘y, Xalqim, bu kun senga Navro‘z muborak!
    2019.03.20
  • AT “Aloqabank” filiallari kasaba uyushmasi qo‘mitasi raislari va faollari uchun o‘quv-mashg‘ulot tashkil etildi
    Joriy yilning 15-17 mart kunlari AT “Aloqabank“ boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti Respublika Kengashi hamkorligida hududiy filiallari kasaba uyushma qo‘mitasi raislari va faollari uchun 3 kunlik o‘quv mashg‘ulotlar tashkil etildi.
    2019.03.18
  • “Ochiq muloqot” negizida kasaba uyushmasi faollariga amaliy yordam ko‘rsatildi.
    Ma’lumki, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining 2018 yil 2 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari kuni”ni joriy etish to‘g‘risida”gi 10-5 son Rayosat qarori asosida Respublika kengashining 2018 yilning 26 oktyabrdagi “Boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlariga amaliy yordam ko‘rsatish kuni”ni joriy etilishi to‘g‘risdagi 11-4 son Rayosat qarori qabul qilindi.
    2019.03.15
  • 8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR KUNI BILAN TABRIKLAYMIZ!
    Aziz va munis onaxonlar va dilbar opa-singillar sohamizning barcha muxtarama ayollari hamda go‘zal qizlari! Barchangizga nafis bahor, muhabbat, go‘zallik, latofat va mehr ramzi bo‘lgan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!
    2019.03.07