O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jaxon urush qatnashchilari Yangiqoʻrgʻon tuman pochta aloqasi bogʻlamasi Iskavot aloqa boʻlimi pochtalyoni lavozimida ishlagan Topvoldi Madraximov hamda Denov pochta aloqasi bogʻlamasida pochtalyon lavozimida ishlagan Dusik Meredovlarning har biriga "Oʻzbekiston pochtasi" AJ tomonidan ajratilgan 10.0000 (Oʻn million) soʻmdan pul mukofoti va kasaba uyushmasi qoʻmitasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
7-may – bu yuz minglab aloqachilar, radiotexnik mutaxassislar, radio va televideniye kanallari xodimlari, pochta xizmatchilari, radiofizika fakultetlari oʻqituvchi va talabalarining bayramidir. Bu bayramni yana mamlakatimizda sodir boʻlayotgan muhim voqea-hodisalar haqida tezkor axborotlarni yetkazib beruvchilarning ham kasb bayrami desak xech qanday mubolagʻa boʻlmaydi.