O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi Sizni qutlaydi.
Tashkilotimiz O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga a’zo jamoat tashkilotidir.
Respublika kengashi kasaba uyushma a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini hamda manfatlarini ifoda etadi, ish beruvchilar bilan ijtimoiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat olib boradi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Oʻzbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kyengashi poytaxtimizda joylashgan «IT-Park» hududidagi “Oʻzbektelekom” AK yangi binosining majlislar zalida joriy yilning 16-avgust kuni videokonferensiya aloqa tizimi orqali oʻquv-seminar tashkil etdi.
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi VIII Qurultoyi qarorlari ijrosi, jamoa shartnomalarining mehnat qonunchiligi talablariga muvofiqligi va bajarilishini maqsadli oʻrganish, mehnat muhofazasi talablariga rioya etilishini taʼminlash va nazorat tizimini kuchaytirish maqsadida Jizzax viloyatidagi boshlangʻich tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatildi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor har qachongidan ham yuksak darajaga olib chiqildi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Boisi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami yil sayin ortib bormoqda.
"Oʻzbekiston pochtasi"AJ Navoiy filiali xodimlarining 14 yoshgacha boʻlgan farzandlari Buxoro viloyatidagi "Yosh aloqachi" bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida vaqtlarini maroqli va mazmunli oʻtkazib, dam olmoqdalar.
“Oʻzbektelekom” AK Toshkent filiali maʼmuriyati xamda kasaba uyushmasi tomonidan ichki turizm dasturiga muvofiq filial xodimlari uchun Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohat tashkil qilindi.